1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

"Qardoshim, yaxshimisiz?" — Mirziyoyev Ostona sammitida Erdog‘an bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

"Qardoshim, yaxshimisiz?" — Mirziyoyev Ostona sammitida Erdog‘an bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi

 

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

 

Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va yangi ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish, Turkiya yetakchi kompaniyalarining mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Faol gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, madaniyat va taʼlim sohalarida davom ettirish muhimligi qayd etildi.

 

Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlarning “O‘zbekiston-Turkiya-Ozarbayjon” formatidagi muntazam uchrashuvlari doirasida samarali muloqotini kengaytirishga kelishib olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика