1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qarshi aeroportida qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi

Ular Buxoro amirligi davriga oid bo‘lgan.

Qarshi aeroportida qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi

Aniqlanishicha, “Qarshi aeroporti” chegara bojxona posti orqali “Qarshi-Moskva” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib ketishni maqsad qilgan fuqaro X.X. ning yonidagi qo‘l va yuk sumkalari rentgen apparatida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, qadimiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan metall tangalar topilgan.  

 

O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan, ishlab chiqarilganligiga 50 yildan oshgan jami 116 dona metalldan tayyorlangan qadimiy tangalarni mamlakatdan yashirin tarzda olib chiqayotgan shaxs vaqtida to‘xtatib qolindi.  

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan maʼmuriy ish yuritilib, sud organlariga yuborilgan.  

 

Shuningdek, ushlab qolingan qadimiy tangalar “Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi”ga topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining tegishli xulosasida Buxoro amirligi davrida zarb etilgan tangalar ham mavjudligi qayd etilgan.  

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика