1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qarshida 3 nafar advokat firibgarlik ustida qo‘lga tushdi

Hozirda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Qarshida 3 nafar advokat firibgarlik ustida qo‘lga tushdi

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahrida faoliyat olib boruvchi advokatlik byurosi advokati jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan 2 nafar fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini sud tizimida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berish evaziga 4 000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Navbatdagi holatda Qarshi shahridagi advokatlik byurosi advokati fuqarolik ishlar bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ish yurituvida bo‘lgan ishni huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaro foydasiga hal qilib berish yuzasidan u bilan shartnoma tuzib, xizmat haqi evaziga 2 mln. so‘m va davlat boji uchun 1,5 mln. so‘m oladi.

 

Ammo, advokat mazkur fuqarolik ishini sud tizimida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali hal qilishini aytib, qo‘shimcha 500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Boshqa holatda esa Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaro bilan shartnoma tuzmagan holda, Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan bezorilik huquqbuzarligiga oid ishning unga tegishli qismini tergovchi orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilib, muqaddam 2 mln. so‘m oladi.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat ushbu ishni go‘yoki ijobiy hal qilganligini aytib, qo‘shimcha 2 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика