1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda 12 bosh echkiemarni so‘yib yegan erkak jazolandi

U yana 20 ta echkiemarni keyinchalik yeyish uchun uyida boqib kelgan.

Qashqadaryoda 12 bosh echkiemarni so‘yib yegan erkak jazolandi

 

Maʼlum qilinishicha, 3 marta infarkt bilan og‘rigan keksa fuqaro tanishlaridan echkiemar (echkiemarlar “Qizil kitob”ga kiritilgan) go‘shti va terisi kasallikka davo ekanini eshitib, yovvoyi echkiemarlarni ovlashga tushgan.

 

Fuqaro jami 32 bosh echkiemarni ovlab, ulardan 12 tasini so‘yib yegan. Qolgan 20 tasini keyinchalik yeyish uchun uyida boqib kelgan.

 

Sud erkakka 3 yilga ozodlikdan cheklash jazosi belgilab, Ekologiya vazirligi foydasiga 141 mln 900 ming so‘m undirishga hukm chiqargan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика