1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda 59 yoshli shifokor do‘pposlandi

Viloyat SSV hodisa sababini ochiqladi.

Qashqadaryoda 59 yoshli shifokor do‘pposlandi

 

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida xizmat vazifasini bajarib turgan 59 yoshli shifokor kaltaklandi. Bu haqda viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poliklinikada 35 yildan buyon umumiy amaliyot shifokori (ayni paytda oilaviy shifokor) bo‘lib ishlab kelayotgan  X.D. qabuliga 2022 3 noyabr kuni kechki soat 18:30 atrofida bir notanish erkak 2 nafar ayol bilan kelgan. Erkak shifokorga turmush o‘rtog‘ining betobligini aytib, uni tekshirib qo‘yishini so‘ragan. Shifokor unga bemorni tekshirguniga qadar oyoq kiyimidagi loyni tashqarida yuvib kelishini aytgan. Shundan so‘ng erkak shifokorni haqoratlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, ayovsiz mushtlab, tepkilab tashlagan.

 

Olgan jarohatlari natijasida shifokor hushini yo‘qotgan va Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga “Peshona, ikkala yonoq, yuz, burun usti, bo‘yin sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘kargan jarohatlari, tirnalmalar, bosh chayqalishiga gumon” tashxisi bilan yotqizilgan. Ayni paytda davo muolajalari davom ettirilmoqda.

 

“Mazkur holat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi nazoratiga olingan, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика