1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda aholiga ajratilgan ko‘mir talon-taroj qilindi

Masʼullar imtiyozli narxda tarqatiladigan ko‘mirni sotib yuborishgan.

Qashqadaryoda aholiga ajratilgan ko‘mir talon-taroj qilindi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.K. “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Qarshi shahri ko‘mir ombori masʼul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida imtiyozli narxlarda aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 70 tonna ko‘mirni fuqaro R.X.ga 4 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan dastlab 4 tonna ko‘mirni ombordan olib chiqib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv jarayonida ushbu ko‘mir ombori masʼul shaxslari umumiy bahosi 388,8 mln so‘mlik jami 451,4 tonna imtiyozli ko‘mirni qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика