1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Senga erim kerakmi?”: Qashqadaryoda ayol samosud qilindi

U kaltaklanib, ko‘chada kiyimsiz qoldirilgan.

“Senga erim kerakmi?”: Qashqadaryoda ayol samosud qilindi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ayol ko‘chada samosud qilingani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Holatga viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 24 iyul kuni soat 22:30 larda Chiroqchi tumanida yashovchi ayol D.I. 102 raqamiga murojaat qilib, u bilan rasmiy nikohsiz yashab kelayotgan erkak N.P.ning onasi xonadoniga kelib janjal ko‘tarayotganligini maʼlum qilgan.

 

Hodisa joyiga profilaktika inspektori leytenant M.Xolmamatov yetib borib, janjalni bartaraf etish maqsadida N.P.ni tumani IIB binosiga olib kelgan.

 

N.P.ning rasmiy nikohida bo‘lgan ayoli qarindoshlari bilan birga jamoat joyida D.I.ni bir necha marotaba tanasining turli joylariga tepib, urib kiyimsiz holatda qoldirgan.

 

Taʼkidlanishicha, profilaktika inspektori leytenant M.Xolmamatov tomonidan to‘liq tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va protsess ishtirokchilarining olgan tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

 

Holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика