Qayd etilishicha, 18 iyul kuni soat 13:26 larda Muborak tumani FVB ga “Sariq” MFY hududidan o‘tgan A-380 avtomobil yo‘lining 118 kilometrida harakatlanib ketayotgan mashina yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, yong‘inga 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi jalb qilingan va voqea joyiga soat taxminan 13:30 larda yetib borib, yong‘in soat 13:40 larda to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida Muborak tuman «Chimyon Ekspres» MCHJ ga tegishli “ISUZU” rusumli chiqindi tashishga mo‘ljallangan avtomobilining salon va shinalari yonib zararlangan.
Yong‘in sababi elektr simlarini qisqa tutashuv natijasida ekani taxmin qilinmoqda. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.


