Ijtimoiy tarmoqda Qizildaryo daryosi ustidagi avtomobil ko‘prigi soyda yuz bergan sel hodisasi tufayli butunlay vayron bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog‘lovchi Qashqadaryo daryosining uzan ustidan o‘tgan ko‘prikning asos poydevorini sel suvlari yuvishi natijasida ushbu holat yuzaga kelgan.
Aniqlanishicha, mazkur ko‘prik Shahrisabz tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hisobidagi ichki xo‘jalik yo‘llarini bog‘lovchi ko‘prik hisoblanadi.


