Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilar maktab tugagani uchun sumkalarini tepib, maktabdan chiqib ketayotgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat XTB bayonotiga ko‘ra, holat 2022-yil 25-may kuni Kitob tuman Qaynar mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan tuman xalq taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi 28-umumiy o‘rta taʼlim maktabida so‘ngi qo‘ng‘iroq yakunlanganidan keyin sodir bo‘lgan.Maktabning 6 nafar o‘quvchilari taʼlim muassasasining ichki odob-axloq normalariga amal qilmasdan o‘zlariga tegishli bo‘lgan semkalarini tepib, o‘zlarini video tasvirga olgan. So‘ngra ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.
Jumladan, 2004 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchilari O.S, M.A, A.B, E.Q va 2003 yilda tug‘ilgan M.A, N.J.larning hatti-harakatlari yuzasidan ularning ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari, yaʼni 270 ming so‘mdan jarima chorasi qo‘llanilgan.


