Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXX boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Z.X. ismli fuqaro boshqa bir fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga undan 4000 dollar pora olyotgan vaqtida ashyoviy dallilar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Buxoroda Milliy gvardiya xodimi xizmat vaqtida vafot etgani xabar qilingandi.


