Kasbi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.Z. MCHJga qarashli dorixonada noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlangan. Ushbu dorixonadan inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi turli nomdagi jami 1 280 dona umumiy bahosi 74,8 mln so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


