Maʼlumotlarga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi S.N. (ayol) dan murojaat kelib tushgan.
Murojaatida ayol 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini xarid uchun savdo do‘koniga yuborganligini, do‘kon egasi “Nega hech kim yo‘q joyga kirding”, deb bolani boshiga bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazganligini bildirgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Koson tumanidagi savdo do‘koni sotuvchisiga nisbatan voyaga yetmaganni urganligi uchun MJtKning 52-moddasi 2-qismi (yengil tan jarohati yetkazish) bilan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudiga yuborilgan.


