Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda sport ustasi Elbek Rahimov oʻldirib ketilganligi haqida videoxabar tarqalgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Jinoyat ishi doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlandi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.


