1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda yo'l transport hodisasi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Ayni vaqtda mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda yo'l transport hodisasi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi

 

Qashqadaryo viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YTH Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan. Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yo‘lovchilarni olib ketayotgan Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan.

 

Hodisa oqibatida, Lacetti avtomobilida bo‘lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. Ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ularning barchasi 1998-yilda tug‘ilishgan, barchasi sinfdosh bo‘lgan.

 

Nexia mashinasidagi 1 nafar yo‘lovchi ham halok bo‘lgan. Qayd etilishicha, jabrlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi viloyat filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ularning oyoq-qo‘llari singan, ko‘kargan va ichki a’zolari shikastlangan.

 

Mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика