Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi
Maʼlum bo‘lishicha, aytib o‘tilgan kunlarda Kitob tumani hududidan o‘tuvchi M-39 Olmaota—Bishkek—Toshkent—Shahrisabz—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1135—1146-kilometridagi Taxtaqoracha dovonida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra, ushbu avtomobil yo‘lida fuqarolar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida yo‘l atrofidagi ko‘chki va tosh qulashi xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda tegishli muhandis-texnik tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
«Shu munosabat bilan mazkur avtomobil yo‘lida vaqti-vaqti bilan fuqarolar va avtotransport vositalarining harakatlanishi qisqa muddatli cheklanadi va yo‘l yopiladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, 6 sentyabr kuni Paralimpiyadachilarni kutib olish marosimi uchun soat 18.00dan 23.00gacha Toshkentdning bir necha ko‘chalarida harakatlanish cheklanishi haqida xabar bergan edik.


