1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qatag‘on qurbonlarining yana 240 nafari oqlandi

Oliy sudda sovet davridagi “Uchlik Kengashi”ning maxsus yig‘ilish qarorlariga ko‘ra ayblangan 240 nafar shaxsga doir beshta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Qatag‘on qurbonlarining yana 240 nafari oqlandi

 

Sovet hukumatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblangan O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSR fuqarolari bo‘lgan 240 nafar shaxsga oid jinoyat ishi Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqildi.

 

Tarixiy adolatni tiklash, mustabid tuzum davrida nohaq ayblangan, mol-mulki musodara etilib, surgun va qatag‘onga duchor bo‘lgan vatandoshlarni aniqlash, ularning nomini oqlash yo‘lida izchil ishlar davom etmoqda.

 

24 avgust kuni Oliy sudda sovet davridagi "Uchlik Kengashi"ning maxsus yig‘ilish qarorlariga ko‘ra, 1929-1931 yillarda hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida "bosmachilik harakati"da, qurolli to‘da tuzib, sovet hukumatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblangan O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSR fuqarolari bo‘lgan 240 nafar shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi

 

Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan bu ish yuzasidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya protestini berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomalar hamda apellyatsiya tartibida protestlar keltirildi.

 

Ochiq sud majlisida ushbu iltimosnomalar va protestlar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 240 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.

 

Oliy sudning hukmi bilan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatag‘on qurbonlari ro‘yxati xabarda keltirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика