1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qatar Amiri 25 yilda ilk marta O‘zbekistonga kelmoqda

Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqandda o‘tkaziladi.

Qatar Amiri 25 yilda ilk marta O‘zbekistonga kelmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

 

Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yana-da rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Bunda, eng avvalo, faol siyosiy muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish eʼtibor markazida bo‘ladi.

 

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ham muhokama qiladilar.

 

Uchrashuv yakunida salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, Qatar Davlati Amirining O‘zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 25 yildan ziyod tarixida birinchisi bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика