1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qibrayda 22 yoshli yigit o‘zini daraxtga osib qo‘ydi

Hozirda tergovga qadar tekshirish olib borilmoqda.

Qibrayda 22 yoshli yigit o‘zini daraxtga osib qo‘ydi

Toshkent viloyatida 22 yoshli yigit o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 iyul kuni Qibray tumani “Ilg‘or” MFY hududida ishlab chiqarish korxonasi yaqinida joylashgan dala yer maydonidagi daraxtga 22 yoshli E.E. o‘zining bo‘yin sohasidan osib, joniga qasd qilgan.

 

Fuqaro vafot etganligi holati bo‘yicha tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasida bo‘yin aʼzolarini sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya ekanligi qayd etilgan.

 

“Hozirgi vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi maʼlumotnomada.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика