2021-yilning 29-iyul kuni, taxminan, soat 01:20larda Qibray tumani IIB navbatchilik qismiga Qibray tumani, Istiqbol MFY, Humo ko‘chasida yashovchi Ernazarovlar oilasida sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, tergov-tezkor guruhi hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borgan.
Uyda o‘tkir tig‘li, kesuvchi-sanchuvchi jism bilan jarohatlangan holdagi xonadon egasi 1960-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati qozoq bo‘lgan E.A.
Uning katta qizi — 1986-yilda tug‘ilgan, millati qozoq, ajrashgan va ikki farzandi bor A.M.
Uning kichkina qizi – 1988-yilda tug‘ilgan millati qozoq, turmushga chiqmagan E.M.
O‘g‘li 1997-yilda tug‘ilgan o‘g‘li, millati tojik, uylanmagan E.A.ning murdalari mavjudligi aniqlangan.
Shuningdek, mazkur xonadonga yollanma quruvchi usta sifatida kelib, ishlayotgan 1984-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan K.K.ning murdasi ham topilgan.
Sodir etilgan jinoyat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida olingan dastlabki maʼlumotga ko‘ra ushbu jinoyatni I.Sh. sodir etganlikda gumon qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi a, j bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.


