1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qidiruvda bo‘lgan ayol Malayziyadan tutib keltirildi

U xorijda qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan.

Qidiruvda bo‘lgan ayol Malayziyadan tutib keltirildi

 

Kuala-Lumpurdan Toshkentga O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamkorligida odam savdosi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va ko‘p yillar Malayziyada yashirinib yurgan shaxs olib kelindi

 

Ayol firibgarlik yo‘li bilan xorijda yaxshi maoshli ishga joylashtirib berishni vaʼda qilib, qizlarni Malayziyaga olib borib, o‘z sheriklari bilan jabrlanganlarning pasportlarini zo‘rlik bilan olib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.

 

Gumonlanuvchi Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamkorlikdagi tadbirlar hamda tezkor-axborot ko‘magi, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi diplomatik missiyasining bevosita yordami natijasida qo‘lga olindi. 

 

Kelishilgan harakatlar tufayli qidiruvdagi ayolni qo‘lga olish va Malayziya rasmiylari O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilmaguncha uni hibsda saqlash mumkin bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi iltimosnomasi ijobiy ko‘rib chiqilishi natijasida qidiruvda bo‘lgan ayol sudda adolat qaror topishi uchun Toshkent shahriga olib kelish maqsadida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика