1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qirg‘iziston — O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodini ishga tushirmoqda

Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillari ishlab chiqariladi.

Qirg‘iziston — O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodini ishga tushirmoqda

 

Qirg‘iziston — O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi 2024-yil 28-maydan sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi.

 

Korxona Chuy viloyatining So‘quluq tumanida joylashgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Qirg‘iziston va O‘zbekiston 12 xil avtomobil modelini qo‘shma ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

 

2023-yil 27-yanvarda O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifi doirasida Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangandi. Loyihaga ko‘ra, u uch bosqichda amalga oshiriladi.

 

Dastlabki uch yil ichida 10 mingta avtomobil va tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishga 500 kishi jalb qilinadi. Mahalliylashtirish 5-10 foizni tashkil qiladi. Ikkinchi bosqichda avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlash quvvatini 20 mingtagacha avtomobil va tijorat avtomobillariga yetkazish nazarda tutilgan. Mahalliylashtirish 15-20 foiz, ish o‘rinlari soni esa 1000 ta bo‘ladi.

 

Keyinchalik ishlab chiqarish hajmi 30 mingtagacha yengil va tijorat avtomobillariga, korxonada ishchilar soni esa 2000 kishiga yetkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика