1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston prezidenti 1 yilda qancha daromad olgan?

Soliq idoralari 2024-yil uchun Sadir Japarovning daromadi va mol-mulki bo‘yicha maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Qirg‘iziston prezidenti 1 yilda qancha daromad olgan?

 

Qirg‘izistonda davlat soliq idoralari 2024-yil uchun davlat va munitsipal xizmatchilarning daromadlari bo‘yicha konsolidatsiyalangan soliq deklaratsiyalarini eʼlon qildi. Ushbu maʼlumotlar asosida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning daromadi ham oshkor bo‘ldi. Bu haqda NUR.KZ nashri xabar berdi.

 

Davlat soliq xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Sadir Japarovning 2024-yildagi rasmiy daromadi 2 214 482,38 somni tashkil etgan. Xarajatlar bo‘yicha aniq maʼlumotlar ochiqlanmagan.

 

Deklaratsiyada prezidentga tegishli mol-mulk ham ko‘rsatilgan. Xususan, u 2600 kvadrat metrli biznes markazi, Issiqko‘l viloyatining Tyup tumanida joylashgan 63 sotix qishloq xo‘jaligi yeri hamda 21 sotix yer uchastkasiga egalik qiladi. Shuningdek, uning shaxsiy mulki sifatida qiymati 100 ming som bo‘lgan “Jiguli” rusumli avtomobil qayd etilgan.

 

Bundan tashqari, deklaratsiyada 1,1 milliard somdan ortiq mablag‘ alohida moliyaviy tushum sifatida ko‘rsatilgan. Prezidentning yaqin qarindoshlariga tegishli umumiy daromad esa 29,7 million somni tashkil etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика