1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonda dinozavrlarning yangi turi qoldiqlari topildi

Ularning uzunligi qariyb to‘qqiz metr ekanligi aytilmoqda.

Qirg‘izistonda dinozavrlarning yangi turi qoldiqlari topildi

 

Myunxendagi Paleontologiya muzeyi nemis olimlari qirg‘izistonlik hamkasblari bilan birgalikda Qirg‘iziston g‘arbidagi tog‘li cho‘l hududida yirtqich teropod guruhiga oid dinozavrlarining yangi turi qoldiqlarini topishdi.

 

Mutaxassislarning fikricha, "Alpkarakush kyrgyzicus" Qirg‘iziston hududidan topilgan birinchi teropod dinozavriga aylandi. Paleontologlarning ta’kidlashicha, "Alpkarakush kyrgyzicus" qirg‘iz qahramonlik eposi “Manas”dagi ulkan mifologik qush "Alpkarakush" nomi bilan atalgan.

 

Dinozavrning qoldiqlari taxminan 165 million yil avval O‘rta yura davrida hosil bo‘lgan balbansoy qatlamining cho‘kindilaridan topilgan. Suyaklar tahlili shuni ko‘rsatdiki, dinozavrning uzunligi qariyb to‘qqiz metrga yetgan. Ko‘plab boshqa teropodlar bilan taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, yangi tur metriakantozavrlardir va Sharqiy Osiyodagi yirik yirtqich dinozavrlar bilan chambarchas bog‘liq.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика