Kabar agentligining yozishicha, mazkur loyihani va u bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlash uchun 1,5 yil ketgan.
"Kelgusida yangi shaharda 500 mingdan 700 ming kishigacha istiqomat qiladi. Shaharning umumiy maydoni 4 ming gektarni tashkil etadi. Qurilish ishlari xorijiy investorlar — chet el kompaniyalari tomonidan moliyalashtiriladi", — degan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov.
Shuningdek, Qirg‘iziston yetakchisi jamoatchilikni investorlarga yaxshi munosabatda bo‘lishga chaqirgan.
"Biz zimistondan chiqishimiz va investorlarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak", — degan u.


