Kecha, 17-iyun Qirg‘izistonning Nuken viloyatida kuchli sel-suv toshqini yuzaga kelgan. Oqibatda 10 yoshli bola halok bo‘lib, 300 ta xonadon aholisi vaqtincha evakuatsiya qilingan.
Sel sababli Bishkek-O‘sh avtomobil yo‘lining 518-kilometrini ham suv bosgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv toshqini yuz berib, 300 dan ortiq odam halok bo‘lgandi. Bu yerda ham ko‘plab bolalar selda oqib ketgandi.


