1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Qirg‘izistonda qizamiq avj olmoqda: 2 ta maktab onlayn taʼlimga o‘tdi

Bu haqda mamlakat Taʼlim va fan vazirligi maʼlum qildi.

Qirg‘izistonda qizamiq avj olmoqda: 2 ta maktab onlayn taʼlimga o‘tdi

 

Jalolobod shahrida xavfli virusli kasallik – qizamiq tarqalishi sababli ikkita maktab masofaviy taʼlimga o‘tkazildi, deya maʼlum qildi Qirg‘iziston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bunday qaror epidemiya va epizootiyaga qarshi maxsus komissiya tomonidan chiqarilgan.

 

“Shunday qilib, Q.Zokirov nomidagi 2-umumtaʼlim maktabi va A.Usmonova nomidagi 7-maktab o‘quvchilari qizamiq kasalligi tarqalishi sababli masofaviy taʼlimga ko‘chirildi”, — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, mazkur qaror bilan Jalolobod shahar taʼlim bo‘limiga ushbu kasallikka qarshi emlashdan bosh tortgan yoki 063-son shakl bo‘yicha bir martalik emlangan o‘quvchilar soniga aniqlik kiritish, har bir maktab va bolalar bog‘chasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish va emlash uchun alohida xonalarni jihozlash topshirildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика