1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonda turmush qurganlarning salkam 40 foiziga bepushtlik rahna solmoqda

Maʼlum bo‘lishicha, surrogat onalik baʼzan ota-ona bo‘lishning yagona yo‘li hisoblanadi.

Qirg‘izistonda turmush qurganlarning salkam 40 foiziga bepushtlik rahna solmoqda

 

Qirg‘izistonda turmush qurgan salkam 40 foiz erkak va ayol yoki har ikkala juftlikda ham bepushtlik muammosi bor. Bu haqda Qirg‘iziston Reproduktiv salomatlik alyansi ijrochi direktori Galina Chirkinaga tayanib, 24.kg axborot agentligi xabar berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, surrogat onalik baʼzan ota-ona bo‘lishning yagona yo‘li hisoblanadi.

 

“Ko‘pgina mamlakatlarda (jumladan, Qirg‘izistonda ham) surrogatlik ruxsat etilgan amaliyot bo‘lib, qonun normalarida ushbu jarayondagi barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari aniq-tiniq ko‘rsatilgan", — dedi Galina Chirkina.

 

Avvalroq qirg‘izistonlik deputat Dastan Bekeshev Qirg‘izistonda surrogatlikni taqiqlash kerakmi, degan savol bilan chiqqandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bir qator rivojlangan mamlakatlarda taqiqlangan va iqtisodiyoti rivojlanayotgan ko‘pgina esa mamlakatlarda ruxsat etilgan. Kambag‘al davlatlarda ko‘pincha ayolning ruhiy holati hisobga olinmaydi, deb hisoblaydi deputat.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика