1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum qilindi

Almazbek Atambayev 2011 yil dekabridan 2017 yil noyabrigacha Qirg‘iziston prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum qilindi

 

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum etildi. Tegishli farmon mamlakatning amaldagi prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolandi va prezidentning rasmiy veb-saytida eʼlon qilindi deydi RBK nashri.

 

Farmonga muvofiq, Almazbek Atambayev “Qirg‘iz Respublikasining Batiri” oliy unvoni, II darajali “Manas” ordeni, “Danaker” ordeni hamda “Dank” medali kabi davlat mukofotlaridan mahrum qilindi. Shuningdek, mazkur mukofotlarni berish to‘g‘risida ilgari qabul qilingan prezident farmonlari ham bekor qilindi.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga sobiq prezidentdan ushbu mukofotlarni olib qo‘yish va keyinchalik davlat mukofotlari jamg‘armasiga topshirish vazifasi yuklatildi.

 

Almazbek Atambayev 2011 yil dekabridan 2017 yil noyabrigacha Qirg‘iziston prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Maʼlumot o‘rnida, 2020 yilda u jinoyat olamida nufuzli shaxs hisoblangan Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilish ishi bo‘yicha 11 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, biroq keyinchalik mazkur hukm bekor qilinib, ish qayta ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

 

2023 yilda Atambayev jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilib, davolanish maqsadida chet elga chiqishiga ruxsat berilgan. Ayni paytda u xorijda istiqomat qilmoqda.

 

2025 yil iyun oyida esa u Koy-Tosh qishlog‘ida yerlarni noqonuniy egallash, noqonuniy boyib ketish hamda 2019 yil avgust oyida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish bo‘yicha uchta jinoiy ish doirasida sirtdan 11,5 yilga ozodlikdan mahrum etilib, mol-mulki musodara qilingan va davlat mukofotlaridan mahrum qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика