Qirg‘izistonning sobiq prezidenti oltin konini o‘zlashtirish ishidagi mavjud ayblovdan ozod etildi. Bu haqda Sobiq davlat rahbarining hamrohi Bekbolot Talgarbekov xabar berdi. Shuningdek, u konni o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan “Centerra Gold Inc.”da birorta ham ulushga ega emasligini bildirgan.
“Qumtor” bo‘yicha kelishuv “Qirg‘izaltı” kompaniyasi, hukumat va parlament vakillari, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari ishtirok etgan davlat komissiyasi tomonidan tayyorlangan.
Asqar Akayevning sud ishi va uning ayblovlarini avvalroq tekshirmagani va davlat komissiyasiga ishonmaganini kamchilik deb bilgan va xalqdan kechirim so‘ragan.
Shu bilan birga, u agar tergov jarayonida Akayevga biron bir savol tug‘ilsa, u yana guvoh sifatida chaqirilishi mumkinligini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun: sobiq prezident avgust va dekabr oylarida so‘roq qilish uchun Bishkekka uchib kelgan. Yozda Qirg‘iziston rasmiylari “Qumtor” ishiga ikki sobiq prezident Akayev va Qurmanbek Bakiyevlar aloqadorligini eʼlon qilgan edi. Respublikaning yana ikki sobiq rahbari Almazbek Atambayev va Sooronbay Jeenbekovning oldindan davlat uchun noqulay shartnomalar tuzishga aloqadorligi ehtimoli aniqlanmoqda.
Qirg‘iziston Kanadaning “Centerra Gold Inc.” kompaniyasiga nisbatan moliyaviy daʼvolar bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Akayev “qumtor” Oltin koni bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida Qirg‘izistonga olib kelingani hamda “Qumtor” koni qanday va nima sabablarga ko‘ra keng miqyosdagi mojarolar markaziga aylangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


