1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Qirolichaning yubileyiga tayyorlangan sovg‘alarda xatolik aniqlandi

Buyuk Britaniya Qirolicha Yelizaveta II yubileyiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Qirolichaning yubileyiga tayyorlangan sovg‘alarda xatolik aniqlandi

 

Qirollik fuqarolari va bayramga keladigan sayyohlar uchun esdalik buyumlari tayyorlanmoqda. Ularning katta qismi Xitoyda buyurtma asosida tayyorlanadi.

 

Qator sovg‘alar bilan bir qatorda 10 800 predmetdan iborat finjonlar va likopchalar to‘plami ham tayyorlangan. Ammo mahsulot qirollikka yetib kelgandan so‘nggina, undagi nozoslik aniqlandi. Ingliz tilidagi Platinum Jubilee (Platina yubileyi) jumlasi noto‘g‘ri yozilgan, yana ikki xil variantda: Platinum Jubbly va Platinum Jubblee.

 

Shunga qaramay, buyurtma bekor qilinmadi, partiyani boshqa bir kompaniya sotib oldi. Chunki kompaniya kolleksionerlar kutilmagan xatoliklar, noto‘g‘ri yozuvli buyumlarni yig‘ishni yoqtiradi, degan fikrda.

 

The National News ham "yubley" yoki "yubileyey" esdalik sovg‘alarini katta foyda bilan sotish mumkinligini yozmoqda.

 

Avvalroq qirolicha Yelizaveta II ketchup ishlab chiqarishga qo‘l urmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика