1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufida departament tashkil etildi

Vazirlikka bir qator vazifalar yuklatildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufida departament tashkil etildi

 

Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari bo‘yicha departament tashkil topdi.

 

Mazkur masala “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilab qo‘yildi.

 

Qaror yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga quyidagi masalalar yuklatildi:

 

  • yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi;

     
  • ushbu sohada davlat dasturlari va istiqbolga mo‘ljallangan strategiyalarni ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

     
  • yerlar degradatsiyasi va cho‘llanishi, shu jumladan yerlarni tiklash, rekultivatsiya va melioratsiya tadbirlari, yaylovlardan almashlab foydalanish, ularni saqlash va fitomelioratsiyalash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekish, o‘rmonlar va ihotazorlar barpo qilish jarayonlari monitoringini yuritadi;

     
  • yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish ishlarini olib borishga masʼul korxona, muassasa, tashkilotlar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslar uchun bu bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi.

     
  • Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligida Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari bo‘yicha departament va hududlarda Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘limlari tashkil etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика