
Mazkur idoraning matbuot xizmati xabar berishicha,qishloq xo‘jaligi sektori vakillarining faoliyati bilan bog‘liq savollar yoki muammolar kelib chiqqan taqdirda, ular Qishloq xo‘jaligi vazirligining quyidagi «ishonch telefonlari» orqali murojaat qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan:
(71) 206-70-23,
(71) 206-70-24,
(97) 729-92-82,
(97) 539-04-22 (Telegram)
Shuningdek, so‘rov/shikoyat/takliflarni (#muammo, #shikoyatyoki #taklif deya belgilagan holda) shtab@agro.uz elektron pochtasi orqali yuborilishi ham mumkin.
Murojaatlar tezkor ravishda qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Vazirlik, shuningdek korrupsiya holatlarini aniqlash va unga qarshi kurash bo‘yicha maxsus @UzAgroAnticorruptionBot telegram-botini ishga tushirgan bo‘lib, agrosektor vakillari korrupsion xarakterga ega bo‘lgan muammolar bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etishlari va tezkor teskari aloqaga ega bo‘lishlari mumkin.
Vazirlikning ishonch telefoni +998 71 206-70-65.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qishloq xo‘jaligida yangi xaritalar yaratilgani hamda yurtimizda uzumchilik klasterlari tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.
Bahriniso MADUMAROVA


