O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida 900 ming gektar yer kadastdan o‘tmagan. Bu haqda Prezident boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, 286 ming gektar yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar to‘liq emas.
159 ming gektar yerning hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladi.
Avvalgi davrlarda doimiy foydalanish uchun ajratilgan 460 ming gektar yerning huquqiy maqomi aniq emas.
Oqibatda jami 900 ming gektardan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlari kadastr ro‘yxatidan o‘tmasdan turibdi. Kadastri yo‘qligi sababli takroriy ekinlar uchun bu yerlarni rasman ikkilamchi ijaraga berish imkoni bo‘lmayapti.
Bularni oqibatida kamida 300 ming ish o‘rni, takroriy ekindan olinayotgan mahsulot hamda norasmiy ijaraning hisobi yuritilmayapti.