1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo‘ng‘ir ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 echkini yeb qo‘ydi

Holat Samarqand viloyatida sodir bo'lgan.

Qo‘ng‘ir ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 echkini yeb qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Soyg‘o‘s mahallasi hududiga 3 ta ayiq kelib, mahalliy aholining chorvasiga hujum qilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va uning Urgut tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor tartibda nazoratga olingan.

 

Aniqlanishicha, holat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan Kunko‘rmas dovonining Qashqadaryo viloyati hududida sodir bo‘lgan. Urgut tumani Soyg‘o‘s mahallasi cho‘ponlari suv sathidan 2500-2700 metr balandlikda, ya’ni ayiqlarning yashash manzilida qo‘ylarini boqib kelishayotganda qo‘ng‘ir ayiqlar to‘rt bosh echkini yeb qo‘ygan. Cho‘ponlarga va ayiqlarga talafot yetmagan. Shuningdek, mahalliy aholi 2 kun oldin kechasi ayiqlar Soyg‘o‘s mahallasiga 2-3 km yaqinlikdagi tog‘ bag‘rida o‘suvchi mevali daraxtlarni yeyish uchun tushib kelganligini aytgan.

 

Hozirda tegishli mutaxassislar tomonidan holat nazoratga olinib o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика