1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo‘ng‘irotda sobiq hokim yordamchisi 18 kishi chuv tushirdi

U fuqarolar nomiga kredit rasmiylashtirib, pulni naqdlashtirib olgan

Qo‘ng‘irotda sobiq hokim yordamchisi 18 kishi chuv tushirdi

 

Respublkaning bir nechta hududida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.L.” va “Q.T.” MCHJ norasmiy rahbari U.J. va boshqalar tijorat banki xizmatlar markazidan “S.L.”  MCHJga limonchilik uchun issiqxona qurishga maqsadida ajratilgan kreditni “Q.T.” MCHJga o‘tkazib, amalda zamonaviy issiqxona tashkil etmosdan, soxta hujjatlar orqali ushbu mablag‘ni lizing to‘lovlari va boshqa maqsadlarga yo‘naltirish orqali jami 1 mln AQSH dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan  talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

 

Shu kabi, Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” XK masʼul shaxslari va boshqalar tijorat banki filialidan xususiy korxonaga ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida ajratilgan 912 mln so‘m kreditni boshqa MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib, naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

 

Departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Qaratal” MFY bo‘yicha sobiq hokim yordamchisi Sh.A. 18 nafar fuqaro nomiga chorvachilik va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali jami 571,3 mln so‘mni naqdlashtirib olganligi aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.   

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика