Guliston tumanlararo maʼmuriy sudining sudya yordamchisi R.N. firibgarlik jinoyatini qasddan sodir etgan. U fuqaro M.ning 5million 500 ming so‘mlik jarima jazosini kamaytirib berishni vaʼda qilib, undan 2million so‘m miqdoridagi pullarni olgan. Vaqt o‘tgach, fuqaro M. jarima jazosining o‘zgarishsiz qolganini biladi va sudya yordamchisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, huquq tartibot idoralariga murojaat qiladi.
Ushbu murojaat asosida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir tashkil etilgan.
Tadbir davomida sudya yordamchisi R.N. fuqaro M.dan pora sifatida olgan 2million so‘m miqdoridagi pullarni qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


