1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati beriladi

Senatorlar 100 nafardan 65 nafarga, Spikeri o‘rinbosarlari 7 tadan 2 taga qisqartiriladi.

Qonunchilik palatasi va Senatga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati beriladi

 

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda, ular lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni to‘xtatib turadi.

 

Hujjat loyihasi bilan qonunchilikka qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiqlashtirilmoqda. Unga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish, Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oliy Majlisning qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, qonunni u Senatga kelib tushgan kundan e’tiboran 60 kun ichida ko‘rib chiqish va boshqalar nazarda tutilmoqda. Senat a’zolari har bir ma’muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan saylanishi, 9 nafari prezident tomonidan tayinlanishi (jami 65 nafar) belgilanmoqda. Doimiy asosda ishlovchi senatorlar soni 25 nafar miqdorda saqlanib qolmoqda. Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tugatish taklif etilmoqda. Senatning quyidagi vakolatlari bekor qilinib, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilanmoqda:

 

  • davlat byudjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;

  • prezident taqdimiga binoan bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash;

  • bosh vazir, hukumat a’zolarining hisobotlarini hamda Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini eshitish.

  • Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartiriladi. Bunda:

  • spikerning o‘rinbosarlari fraksiya a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni to‘xtatib turishi belgilanmoqda;

  • fraksiya rahbari moddiy, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra spiker o‘rinbosariga tenglashtirilmoqda.

 

Qonunchilik palatasi va Senatning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati kiritilmoqda. Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida o‘tkaziladi, Senatning yangi tarkibi 1 oy mobaynida shakllantiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика