"Bugun hamma farzandini ayiq oldiga tashlash darajasiga yetib borgan ayolni laʼnatlamoqda. Buni qo‘llab-quvvatlamayman.
Ayol zaifadir. Zaifalik inqirozda yaqqol bilinadi. Shirin farzandiga buni ravo ko‘rish uchun ayol o‘zidan ham voz kechib bo‘lgan, aslida. Ayollar huquqini himoya qilishda ilg‘orlar bu ayolni oldida bo‘lishi kerak.
Holatning asosiy sababchisi — Rossiyadagi ota ham javobgar bo‘lishi lozim. Ko‘p hollarda ayollarning xor bo‘lishi zaif erkaklardandir. Qonunchilikda otaning farzandiga mutlaq javobgarligini belgilab qo‘yish vaqti keldi", — dedi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz joriy yilning 28-yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan mudhish voqea tavsilotlarini Zamon.uz o‘rgangandi.


