1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

ISHIDga a'zo o‘zbekistonlik fuqaro xorijda qo'lga olindi

Shuningdek, D.U.ning o‘g‘liga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

ISHIDga a'zo o‘zbekistonlik fuqaro xorijda qo'lga olindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati “Islom davlati” terror tashkiloti (ISHID)ning yana bir aʼzosini xorijda qo‘lga olib, O‘zbekistonga olib keldi.

 

Aniqlanishicha, 53 yoshli D.U. o‘g‘li D.H. (1994-yilda tug‘ilgan) bilan birgalikda 2009–2015-yillarda rossiyada mehnat migranti sifatida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari aʼzolarining taʼsiriga tushib qolgan.

 

Natijada, 2015-yilning sentabr oyida ota-bola o‘zlarining shaxsini oshkor qilmaslik maqsadida Tojikistonning soxta pasportini rasmiylashtirib, Turkiya orqali Suriya davlatiga boradi hamda ISHID xalqaro terroristik tashkiloti aʼzolari safiga qo‘shilib, jangovar harakatlarda ishtirok etishadi.

 

Keyinroq D.U. Suriyadan MDH davlatlaridan biriga qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida qaytib kelgan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida D.U. ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan.

 

Taʼkidlanishicha, qo‘lga olish vaqtida D.U. faol qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, keyingi jarayonlarda u o‘zining “jihod” qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmaganini bildirgan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Maʼlumot uchun: Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Rossiyada ushlangani, O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiyada qo‘lga olingandi. Bundan tashqari, Qirg‘izistonning O‘sh shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining O‘zbekistondagi faoliyatiga masʼul bo‘lgan fuqaro ham qo‘lga olingandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda diniy ekstremistik tashkilotning 12 aʼzosi hamda “Hizb-ut Tahrir”ning o‘zbekistonlik yetakchisi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика