1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo‘qonlik tabib ozodlikka chiqib, ayblovlarni inkor etdi

10 sutkalik ma’muriy qamoqdan so‘ng Iqboljon Soliyev hujjatlari amalda ekanini bildirib, tarqalgan xabarlarga rad javobi berdi.

Qo‘qonlik tabib ozodlikka chiqib, ayblovlarni inkor etdi

 

 

Avvalroq Qo‘qonlik tabib Iqboljon Soliyevning guvohnomasi muddati tugaganiga qaramay, noqonuniy faoliyat yuritgani aniqlangani sababli sud qarori bilan unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangandi. Kuni kecha u ozodlikka chiqib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali o‘zi haqidagi ayblovlarga munosabat bildirdi.

 

Tabib 2024-yildan buyon hujjatlarsiz ishlagani haqidagi xabarlarni mutlaqo yolg‘on deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tomonidan 2025-yilgacha amal qiluvchi guvohnoma, Qozog‘iston sog‘liqni saqlash tashkiloti hujjati hamda xalqaro sertifikat mavjud. Shuningdek, u muddat ko‘rsatilmagan, doimiy guvohnomaga ham egaligini ta’kidladi.

 

Iqboljon Soliyevning advokati Abdullajon Jo‘rayev ham ayrim axborotlar noto‘g‘ri va asossiz tarqatilganini bildirib, tabibning guvohnomasi muddati o‘tmaganini qayd etdi. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-5-moddasi bo‘yicha bildirilgan e’tirozlarga izoh berar ekan, tabib faoliyatini ommaviy targ‘ibot sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini aytdi.

 

Shuningdek, tabibning o‘zi tabobat faoliyati uchun litsenziya talab etilmasligini, bu kasb avloddan avlodga o‘tib kelayotganini ta’kidladi. Ma’lumot o‘rnida, Iqboljon Soliyev 2025-yil 10-yanvar kuni Qo‘qon shahar sudi qarori bilan MJtKning 59-5-moddasi 1-qismi asosida aybdor deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarimaga tortilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика