1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qora dengiz hech qachon NATOniki bo‘lmaydi — Dmitriy Peskov

Putinning matbuot kotibi Ukraina TIVning bayonotlariga javob qaytardi.

Qora dengiz hech qachon NATOniki bo‘lmaydi — Dmitriy Peskov

 

"Qora dengiz barcha qirg‘oqbo‘yi davlatlari uchun umumiydir, u hech qachon NATOniki bo‘lmaydi", — dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

 

Peskov Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning Qora dengiz demilitarizatsiya qilinishi va NATOnining ichki dengizga aylantirish kerak, degan bayonotiga javob qaytardi.

 

"Biz eʼtibor berdik. Bayonotning o‘zi ikkita qarama-qarshilikka asoslangan. NATO va demilitarizatsiya bir-birini istisno qiluvchi tushunchalar. Qora dengiz o‘zaro hamkorlik va xavfsizlik dengizi bo‘lishi kerak", — deya taʼkidladi Kreml matbuot kotibi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика