1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qoraqalpog‘iston oliy hokimiyati miting yuzasidan bayonot berdi

Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilarining bir guruhi hamda huquq organlariga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxslar qo‘lga olingan.

Qoraqalpog‘iston oliy hokimiyati miting yuzasidan bayonot berdi

 

“O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ochiqlik va xohish-irodani erkin ifoda qilish siyosatiga qaramay, 2022-yil 1-iyul kuni Nukus shahrida bir guruh jinoyatchi shaxslar Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinishda ifodalangan g‘ayriqonuniy harakatlarni tashkil etdi.

Populistik shiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va ishonchini manipulyatsiya qilib, tartibsizliklar tashkilotchilari hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, respublika fuqarolarini Qoraqalpog‘iston Respublikasining maʼmuriy binolari oldidagi maydonga yig‘dilar.

Ig‘vogarlar yig‘ilgan fuqarolarga tayangan holda ushbu davlat muassasalarini egallab olishga va shu orqali jamiyatda ixtilof keltirib chiqarish, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini izdan chiqarishga urindilar.

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qabul qilingan qatʼiy choralar bilan tashabbuskorlarning g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari to‘xtatilib, ommaviy tartibsizlik uyushtirishga urinishlar tarqalishiga chek qo‘yildi.

Shuni ishonch bilan aytamizki, davlatimiz vaziyatni yana-da beqarorlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur salohiyatga ega. Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilarining bir guruhi hamda huquqni muhofaza etuvchi organlarga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxslar qo‘lga olingan. Hozirda ularga nisbatan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha ig‘vogarlarning shaxsi aniqlanadi va ular amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi taʼminlanadi.

Respublikadan tashqaridagi nosog‘lom kuchlarning Qoraqalpog‘istondagi vaziyat rivojiga, shu jumladan aniq yo‘naltirilgan axborot xurujlari va ro‘y berayotgan voqealarni qasddan buzib ko‘rsatish orqali taʼsir qilishga urinishlari qayd etilmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyatda jamoat xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashda, fuqarolarni g‘ayriqonuniy xatti-harakatlardan ogohlantirib, yuzaga kelgan masalalarni qonun doirasida hal qilishda birgalikda saʼy-harakat qilishga chaqiramiz”, deyiladi rasmiy relizda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика