1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda elektrdan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi

Ular jami 180 million so‘mlik zarar yetkazishgan.

Qoraqalpog‘istonda elektrdan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi

 

Qoraqalpog‘istonda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda. Bu haqda Prokuratura Departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal'a va To‘rtko‘l tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda T.R. va O.S. fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 90 va 11 kVt bo‘lgan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 180,4 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика