1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda giyohvand moddalar biznesiga chek qo‘yildi

Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qoraqalpog‘istonda giyohvand moddalar biznesiga chek qo‘yildi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tuzilmalar bilan hamkorlikda oldindan olingan maʼlumotlar asosida  To‘rtko‘l tumani, “Miskin” YPX postida “Samarqand-Xo‘jayli” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, orqa o‘rindiqdagi kulrang shim orasidan, oq rangli sellofan paketga solingan 2 dona o‘ramda, avtotransport vositasi salonidagi yashirin joylar ichidan yana 2 ta o‘ramda o‘tkir hidli giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlandi.

 

 

Tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil tariqasida olingan moddalar 297,72 gramm og‘irlikdagi “Opiy” va 71,77 gramm “Gashish” giyohvandlik vositalari ekani aniqlandi.

 

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

 

To‘rtko‘l tumanidagi “Miskin” YPX maskanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida esa “Cobalt” rusumli avtotranport vositasida yo‘lovchi bo‘lib kelayotgan fuqaro shubha ostiga olinib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Ichki kiyimlari orasiga 9 dona selofan paketlarga o‘ralgan, o‘tkir hidli, kristalsimon giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalarni ustamonlik bilan yashirgan ekan.

 

 

Ashyoviy dalil tariqasida olingan moddalar ekspertlar xulosasiga ko‘ra sof og‘irligi 8,15 grga teng bo‘lgangeroin” giyohvandlik moddasi ekani maʼlum bo‘ldi.

 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan to‘plangan ish materiallari tergov organlariga o‘tkazilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика