1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda poyezd KAMAZ bilan to‘qnashib ketdi

Poyezdda 216 ta yo‘lovchi bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan.

Qoraqalpog‘istonda poyezd KAMAZ bilan to‘qnashib ketdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida yo‘lovchi tashuvchi poyezd va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 6 oktyabr kuni soat 15:31 atrofida Qo‘ng‘irot mintaqaviy temiryo‘l uzeliga qarashli To‘rtko‘l ‒ Ellikqalʼa stansiyalari oralig‘ining 531 km 8-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida Qo‘ng‘irot ‒ Andijon yo‘nalishidagi 128-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati davomida temir yo‘l kesishma signal belgilariga qaramasdan harakatlangan Kamaz yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

 

Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan. Yo‘lovchi poyezdida 216 ta yo‘lovchi bo‘lib, ularga hech qanday zarar yetmagan. Teplovoz poyezdni olib ketolmasligi sababli O‘zTE16M2 rusumli 025 sonli teplovoz soat 16:15 da voqea joyidan jo‘natilgan.

 

Voqea joyiga tegishli rahbarlar va huquqni himoya qilish organlari xodimlari yetib borgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика