1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan bug‘u otib o‘ldirildi

Jonivorni noqonuniy ovlash oqibatida tabiatga 99 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan bug‘u otib o‘ldirildi

 

Qoraqalpog‘istondagi Quyi Amudaryo biosfera rezervati inspektorlari tomonidan 11-iyun kuni xalqaro va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakonyer qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati inspektorlariga 11-iyun kuni hududda oʻq ovozi eshitilganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Inspektorlar voqea joyiga yetib borishganida oq rangli Matiz hududdan chiqib ketganligi aniqlangan.

 

Shundan so`ng mashina izidan quvib, Gurlan tumanigacha borgan inspektorlar brakonyerni qo`lga olgan. Huquqbuzarning mashinasi ko`zdan kechirilganda Buxoro bugʻusining boʻlaklangan jasadi topilgan. Gumonlanuvchining yonidan protsessual tartibda ikki dona ov miltigʻi, bir dona Buxoro bugʻusi tana qismlari rasmiylashtirib olingan.

 

Buxoro bugʻusini noqonuniy ovlash orqali huquqbuzar tomonidan tabiatga 99 million so‘m zarar yetkazilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика