1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda yana 35 nafar ayblanuvchi oilasiga qaytarildi

Komissiya tashabbusi bilan yaqinlari bag‘riga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga yetgani aytilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda yana 35 nafar ayblanuvchi oilasiga qaytarildi

 

Qoraqalpog‘istondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasi bag‘riga qaytdi.

Komissiya tomonidan fuqaro murojaatlarini o‘rganish davomida sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan ayblanuvchilarning uchinchi ro‘yxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan edi.
 

Komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan bugun. 1-noyabr kuni yana 35 nafar ayblanuvchini jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi.
 

Shu yilning  30-avgust kuni 34 nafar, 13-14-oktabr kunlari 38 nafar Mustaqil Komissiya tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdagi ayblanuvchi oilasi bag‘riga qaytarilgan edi.
 

Ma'lumot o'rnida, komissiya tashabbusi bilan yaqinlari bag‘riga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga yetdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика