1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonning 9 ta tumanida MTMlar quriladi

Prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Qoraqalpog‘istonning 9 ta tumanida MTMlar quriladi

 

Tadbir avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, 6 ta yangi korxonani ishga tushirdi.

 

– Biz bitta el va bitta yurtmiz! Hamma viloyatlar Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘lagan. Har bir tumanga vazirlar, viloyat hokimlari, idora va banklar rahbarlari biriktirilgan. Buning natijalari barcha tumanlarda ko‘rinayapti va bu ishlar to‘xtamaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Yig‘ilishda ish o‘rinlarini ko‘paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Qoraqalpog‘istonda 72 ming rasmiy ishsiz bor. Har yili 43 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi. Shularni hisobga olib, 193 ming ish o‘rni yaratish va Qoraqalpog‘istonni “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish maqsad qilib qo‘yildi. Bu borada yirik korxona va klasterlar, konchilik, oilaviy tadbirkorlik, kasanachilik va qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari mo‘l va arzon bo‘lishini taʼminlash maqsadida 2022 yilda aholiga 6 ming 600 gektar yer brilgan edi, bu yil yana 6 ming gektar ajratilmoqda. Bu orqali sabzi, piyoz, kartoshka kabi kundalik mahsulotlarga ehtiyoj qoplanadi. Bo‘ston kanalini betonlash hisobiga Ellikqalʼa, To‘rtko‘l va Beruniy tumanlarida 100 ming gektarda suv taʼminoti yaxshilanadi. Dala chetlarida 3,6 ming gektarda kadi, uzum va sabzavot yetishtirib, 42 ming tonna mahsulot olinadi.

 

Qoraqalpog‘istonda 51 ta maktabda o‘quvchilar soni meʼyordan 2 baravar ko‘p. 208 ta mahallada ichimlik suvi taʼminoti yaxshi emas. 120 kilometr magistral hamda eng serqatnov 600 kilometr ichki yo‘llarni taʼmirlash kerak. Shu bois 9 ta tumanda maktabgacha taʼlim muassasalari qurish, maktab va shifoxonalarni taʼmirlashga, shu jumladan issiqlik taʼminotiga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi belgilandi.

 

Yo‘llarni taʼmirlash, elektr energiyasi taqchilligi choralarini ko‘rish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика