1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonning sobiq rahbari Kallibek Kamalov vafot etdi

Uning 100 yillik yubileyiga bir oydan sal ko‘proq vaqt qolgandi.

Qoraqalpog‘istonning sobiq rahbari Kallibek Kamalov vafot etdi

 

Qoraqalpogʻistonda sobiq davlat arbobi, uzoq yillar respublika boshqaruvida faoliyat yuritgan Kallibek Kamalov vafot etdi. Siyosatchi 100 yoshga toʻlishidan bir oy oldin hayotdan koʻz yumdi.

 

Kallibek Kamalov 1963-yildan 1984-yilgacha Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi boʻlib ishlagan. Uning faoliyati kommunal xizmat vazirligidan tortib, Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisigacha boʻlgan turli davlat lavozimlarini qamrab olgan. Respublikadagi faoliyatini yakunlagach, u Ruminiyaning Konstansa shahrida SSSR bosh konsuli lavozimida xizmat qilgan.

 

Sobiq siyosatchining tarjimai holi shov-shuvli sud jarayoni bilan ham esda qolgan: 1987-yilda u “paxta ishi” bo‘yicha sudlanuvchi sifatida qatnashgan, 1989-yilda 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni hamda boshqa davlat mukofotlaridan mahrum qilingan. Keyinchalik u afv etilgan.

 

Kallibek Kamalov 1926-yil 18-martda tug‘ilgan va faoliyatini qishloq o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Uning o‘g‘li Murat Kamalov 2020–2022-yillarda Qoraqalpogʻiston parlamenti (Jo‘qorg‘i Kenes) raisi lavozimida ishlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика